menu
Olmaliqda temir konstruksiyalar qulab tushishi oqibatida 3 hindistonlik halok bo‘ldi .
Yangi qurilayotgan misni boyitish fabrikasida temir konstruksiyalar kuchli qor yog‘ishi natijasida qulab tushgan. Voqea joyida quruvchi kompaniyasining 32 nafar ishchilari (barchasi Hindiston fuqarolari) jabrlangan, ulardan 3 nafari voqea joyida vafot etgan.

Toshkent viloyati Olmaliq shahar sanoat zonasi hududida joylashgan yangi qurilayotgan «3-sonli misni boyitish fabrikasi»da temir konstruksiyalari kuchli qor yog‘ishi natijasida qulab tushdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, bugun, 20 fevral kuni soat taxminan 08:00 larda Olmaliq shahar sanoat zonasi hududida joylashgan yangi qurilayotgan «3-sonli misni boyitish fabrikasi»da birlamchi ma’lumotga ko‘ra temir konstruksiyalari surunkali qor yog‘ishi natijasida qulab tushgan.

Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida voqea joyida quruvchi kompaniyasining 32 nafar ishchilari (barchasi Hindiston Respublikasi fuqarolari) jabrlangan, ulardan 3 nafari voqea joyida vafot etgan, 29 nafari turli darajadagi tan jarohatlari olganligi sababli shifoxonaga joylashtirilgan. Jabrlangan fuqarolarning 4 nafariga shifoxonada zarur tibbiy yordam ko‘rsatilib javob berilgan.

Ayni vaqtda sodir bo‘lgan hodisa sabablari va oqibatlarini joyida o‘rganish, zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida mas’ul tashkilotlar ishtirokida ishchi guruhi tuzilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!