qarashlar
“Dunyo” xabariga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan polshalik sayyohlar soni 8 mingtani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkichni 2024 yilda 25 mingga yetkazish rejalashtirilgan. Bu haqda Varshava—Toshkent—Varshava havo qatnoviga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirida qayd etildi.
LOT Polish Airlines kompaniyasi Sotuv departamenti direktori Marta Vishnevska o‘z nutqida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan O‘zbekiston turizmiga bo‘lgan qiziqish yuqori ekanligini va O‘zbekistonning boy tarixi ko‘plab sayyohlar kabi unda katta qiziqish uyg‘otganini ta’kidladi. U bo‘lajak havo qatnovlari O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvini yanada rivojlantirishga xizmat qilishini bildirdi.
Reyslar haftasiga uch marta: Varshavadan Toshkentga chorshanba, juma va yakshanba kunlari, Toshkentdan Varshavaga dushanba, payshanba va shanba kunlari Boeing 737 MAX 8 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Comments
0 comment