qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 18:16 572 3 daqiqa o‘qiladi Janubiy Koreya parlamenti prezident vazifasini bajaruvchi Xan Dok Suga impichment e’lon qildiJanubiy Koreya parlamentining 192 deputati mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi Xan Dok Suga impichment e’lon qilishni yoqlab ovoz berdi. U Konstitutsiyaviy sud tarkibiga yangi sudyalarni tayinlashdan bosh tortib kelayotgan edi.
Foto: AP
Janubiy Koreya Milliy assambleyasi (parlament) mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi Xan Dok Suga impichment e’lon qilishni yoqlab ovoz berdi, deb yozadi Yonhap agentligi.
Qayd etilishicha, impichment uchun 192 deputat ovoz bergan, qarshilar — nol.
Impichment to‘g‘risidagi iltimosnomani muxolifat Demokratik partiya kiritgan. Bunday qaror Xan oldingi prezident Yun Sok Yolning impichmentini ko‘rib chiqadigan mamlakat Konstitutsiyaviy sudi tarkibiga qo‘shimcha uch nafar sudyani tayinlashdan bosh tortgani sabab qabul qilingan.
Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi to‘qqiz nafar sudyadan iborat. Yunning impichmenti to‘g‘risidagi qarorini kamida olti nafar sudya qo‘llab-quvvatlashi kerak. Hozirda Konstitutsiyaviy sud tarkibida olti nafar sudya bor, shu bois bitta qarshi ovoz ham Yunga hokimiyat tepasida qolish imkonini beradi.
14 dekabr kuni Janubiy Koreya parlamenti harbiy holatni joriy etishga uringani uchun mamlakat prezidenti Yuk Sok Yolga impichment e’lon qilishga ovoz berdi. Konstitutsiyaga muvofiq davlat rahbarligi vakolatlari vaqtincha bosh vazir Xan Dok Suga o‘tdi. Agar Konstitutsiyaviy sud prezident chetlatilganini tasdiqlasa, mamlakatda muddatidan oldin saylovlar o‘tkaziladi.
Janubiy Koreyadagi siyosiy inqiroz dekabr oyi boshida prezident Yun Sok Yol kutilmaganda 1979 yildan beri birinchi marta harbiy holat e’lon qilib, konstitutsiyaviy tuzumni «kommunistik kuchlar» va Shimoliy Koreya tahdidlaridan himoya qilish zarur deb ataganidan so‘ng avj oldi. Harbiy holat barcha siyosiy faoliyatni, jumladan, parlament va siyosiy partiyalar faoliyatini taqiqlashni anglatardi.
Harbiy holat e’lon qilinganidan keyin deyarli darhol 190 nafar deputat parlamentga kirib, prezident qarorini bloklashga muvaffaq bo‘ldi. Yun Sok Yol harbiy holat joriy etilganidan olti soat o‘tib uni bekor qilishga majbur bo‘ldi.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol 3 dekabr kuni mamlakatda harbiy holat joriy etdi. Bir necha soat o‘tib o‘z qarorini bekor qilishga majbur bo‘ldi.
18:30 / 26.12.2024
17:51 / 26.12.2024
17:43 / 25.12.2024
17:35 / 25.12.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment