menu
Baxmut yaqinida himoyalanayotgan ukrainlar va Donetskda ovoz berish jarayoni. Urush suratlari.
Ukrainada urushning 746-kuni o‘tdi.

Ukrainada urushning 746-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

Ukrain armiyasining Baxmut atrofidagi pozitsiyasi

Baxmut 2023 yil mayida Rossiya qo‘shini tomonidan egallab olingandi, ammo RF qurolli kuchlari shundan keyin frontning bu uchastkasida ilgarilay olmadi. 2024 yil mart oyi holatiga ko‘ra Rossiya qo‘shini Baxmut atrofidagi Ivanovske va Bogdanovka qishloqlari hududida yurish qilishga urinmoqda, ammo ukrain harbiylari hujumlarni qaytarmoqda.

Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk oblastidagi stabilizatsiya punkti

Stabilizatsiya punkti — jang maydonida yaralangan ukrain harbiylari olib kelinadigan ilk nuqta. Bu yerda tibbiyot xodimlari yaradorlarga kechiktirib bo‘lmaydigan birinchi yordamni ko‘rsatishadi, shifoxonada davolanishga yuborishdan oldin ularning holatini barqarorlashtirish choralarini amalga oshirishadi.

Anneksiya qilingan hududlarda Rossiya prezidentlik saylovlarida muddatdan oldin ovoz berish

15-17 mart kunlari Rossiyada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga, Vladimir Putin g‘olib deb e’lon qilinishiga hech qanday shubha yo‘q, ammo, «Meduza» xabariga ko‘ra, Kreml haddan tashqari yuqori davomatga erishmoqchi — 70–80 foiz atrofida. Rossiya markaziy saylov komissiyasi Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlarida muddatidan ilgari ovoz berish uchun saylov uchastkalaridan tashqari mobil punktlar ham tashkil qilgan. Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinda ishtirok etayotgan rossiyalik harbiylar «to‘g‘ridan to‘g‘ri jangovar topshiriqlarni bajarish hududlarida ovoz beradi», deb ma’lum qilgan RF mudofaa vazirligi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!