qarashlar
Ispaniya: «Atletiko» quturdi
«Atletiko» – «Las-Palmas» 5:0
Gollar: 1:0 – 15 Liorente, 2:0 – 20 Liorente, 3:0 – 47 Korrea, 4:0 – 62 Korrea, 5:0 – 87 Depay.
«Atletiko» – Oblak, Molina, Savich, Ximenes (Vitsel, 63), Reynildu, Koke (De Paul, 63), Saul, Barrios (Vermeren, 71), Liorente (Depay, 63), Lino (Rikelme, 63), Korrea.
«Las-Palmas» – Vales, Marvin, Suares (Arauxo, 58), Koko, Marmol, Kardona (Sinkgraven, 74), Xavi Munos, Rodriges, Perrone (Moleyro, 58), Sandro Ramires (Kardona, 58), Munir (Pexino, 81).
«Atletik» o‘tgan turda turnir jadvalining so‘nggi o‘rnida joylashgan «Almeriya»ga qarshi o‘yinda durang o‘ynab qo‘ygani uchun beshinchi o‘rin bilan farqni saqlab qolgan «Atletiko» bu turda aralash tarkibni tushirdi, jamoani hafta o‘rtasida YeChLda «Inter»ga qarshi o‘yin kutmoqda. Diyego Simeone Grizmann, De Paul va Ermosoni zaxirada qoldirdi, hujumda esa Liorente va Korrea tushishdi. Madridliklarga qarshi qatorasiga yigirma o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qola olmagan «Las-Palmas»ga qarshi zaxira futbolchilari ham yetarli bo‘ldi. «Matraschilar»ning forvardi ham ikkitadan gol urishdi, garchi bundan ham ko‘proq gol urish imkoniyatiga ega bo‘lishgandi. Oxirgi gol esa bir necha kun oldin 30 yoshini nishonlagan Depay nomiga yozildi. Memfisning darvoza to‘sini ostidan yo‘llagan zarbasi evaziga «Atletiko» bu mavsumda uchinchi bor kamida beshta gol urgan holda g‘alaba qozondi. Simeone davridagi rekord — 2016/17 yillar mavsumidagi shunday to‘rt o‘yindan iborat bo‘lgan.
«Selta» – «Barselona» 1:2
Gollar: 0:1 – 45 Levandovski, 1:1 – 47 Aspas, 1:2 – 90+7, penalti Levandovski.
«Selta» – Guaita, Mingesa (Vaskes, 85), Starfelt, Dominges (Nunes, 46), Ristich (Sanches, 59), De La Torre, Tapiya, Beltran, Alende (Svedberg, 77), Aspas, Larsen (Duvikas, 85).
«Barselona» – ter Stegen, Kunde, Arauxo (Martines, 46), Kubarsi, Joau Kanselu, Kristensen (Gundo‘g‘an, 58), de Yong, Pedri (Lopes, 75), Yamal (Romeu, 90), Levandovski, Roke (Rafinya, 58).
Ogohlantirishlar: Alende (15), Kristensen (38), de Yong (90), ter Stegen (90), Martines (90).
«Barselona» la liganing 25-turini Vigoda o‘tkazdi va turnir autsayderlaridan birini katta qiyinchilik bilan mag‘lub etdi.
Jamoalar oldiga mutlaqo turlicha vazifalar qo‘yilgan. «Barsa» top-3 dagi o‘rnini saqlab qolishga harakat qilmoqda, «Selta» esa jon saqlab qolish uchun kurash boshlagan. Xavi shogirdlari o‘tgan turda turnir jadvalining so‘nggi o‘rinlarida borayotgan «Granada» bilan 3:3 hisobida durang o‘ynashni «uddalagandi». Ko‘k-anorranglilarni oldinda YeChL 1/8 finalida «Napoli»ga qarshi kechadigan o‘yin kutmoqda. «Selta» esa barcha turnirlar doirasida so‘nggi besh o‘yindan to‘rttasida mag‘lub bo‘lgandi.
Birinchi bo‘limni jamoalar ehtiyotkorlik bilan o‘tkazishdi. Kataloniyaliklar tanaffusga qadar vaqtning 70 foiz qismida to‘pga egalik qilishdi, ammo «Selta» darvozasi atrofida vaziyatlar deyarli bo‘lmadi. Boshqa tomondan mezbonlar ham amalda Mark-Andre ter Shtegenni bezovta qilishmadi. Birinchi 45 daqiqalikdagi yagona gol — Robert Levandovskiyning individual mahorati natijasida urildi. Polyak hujumchisi to‘pni bir teginishda o‘ziga bo‘ysundirdi va ikkinchi teginishda uni uzoq burchakka joyladi.
Robert qatorasiga uchinchi turda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ymoqda — bu la liganing joriy mavsumida 11-goli bo‘ldi. Tanaffusga jamoalar darvoza sohasiga aniq borgan ikkitadan zarba bilan yo‘l olishdi. Qolaversa, «Selta» kutilgan gollar ko‘rsatkichi (0,56 ga 0,44) bo‘yicha oldinda edi. Tanaffusda Xavi Ronald Arauxoni maydondan oldi va uning o‘rniga Inigo Martinesni tushirdi.
O‘yin qayta boshlanganidan bir necha daqiqa o‘tib «Barsa» gol o‘tkazib yubordi. Galisiyaliklar ikki bor tovonda berilgan paslar bilan ajoyib kombinatsiya uyushtirishdi va jamoa faxriy futbolchisi Yago Aspas hujumni yakunlab berdi. 36 yoshli ispaniyalikning zarbasidan keyin to‘p yo‘l-yo‘lakay Jyul Kundega tegib darvoza to‘riga bordi. Qolaversa, ushbu hujumchining ter Stegenga urgan o‘ninchi goli bo‘ldi – darvozabonga bundan ko‘p golni hech kim urmagan (ikkinchi o‘rinda Karim Benzema - sakkiz gol).
Ikkinchi bo‘limning bunday boshlanishi «Barselona»ga qo‘shimcha motivatsiya bera olmadi. Kataloniyaliklar to‘pga egalik qilishda davom etdi, ammo vaziyatlar juda kam edi. «Barsa»ning hujumlari juda uzoqqa cho‘zilar va hech qanday xavfli zarbaga olib bormasdi. «Selta» futbolchilari ortiqcha zo‘riqmasdan hujumlarni qaytarardi.
Barchasi «Barsa»ning «Balaidos»dagi navbatdagi duranggiga qarab ketayotgandi, ammo qo‘shimcha daqiqalarda hal qiluvchi yuzaga keldi. Lamin Yamal kerakli vaqtda kerakli joyda paydo bo‘ldi va jarima maydoni ichida «Selta» futbolchisi to‘pni tepishga harakat qilganida uning orqa qismiga zarba berib yubordi. Arbitr darhol «nuqta»ni ko‘rsatdi va ko‘k-anorranglilarda g‘alaba uchun imkon paydo bo‘ldi. Levandovskining zarbasi o‘ta yomon chiqdi va uning Jorjinio uslubidagi zarbasidan keyin Visente Guayta to‘pni osonlik bilan qaytardi. Ammo «Selta» muxlislari xursandchiligini tezda hafsalasizlik egalladi. Darvozabon zarba berilishidan oldin chiziqdan chiqib ketgani ma’lum bo‘ldi va arbitr zarbani qaytadan ijro etish kerakligini ko‘rsatdi.
Levandovski ikkinchi urinishda darvozabonni dog‘da qoldirdi — bu safar zarba burchakka aniq bordi. Bu uning Ispaniyaga kelganidan beri urgan 50-goli bo‘ldi.
Barcha turnirlar doirasidagi so‘nggi to‘qqiz o‘yindan sakkiz o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlay olmagan «Barselona» ulkan qiyinchilik bilan chempionatning 17-jamoasini mag‘lub etdi va turnir jadvalidagi uchinchi o‘rinni mustahkamladi. Hozirda ko‘k-anorranglilar «Atletiko»ni uch ochkoga ortda qoldirmoqda, «Jirona»dan esa ikki ochkoga ortda bormoqda, ammo Kataloniyaning ikkinchi jamoasida bitta zaxira o‘yini bor.
Italiya: g‘alabasiz besh tur
«Verona» – «Yuventus» 2:2
Gollar: 1:0 – 11 Folorunsho, 1:1 – 28, penalti Vlahovich, 2:1 – 52 Noslin, 2:2 – 55 Rabio.
«Verona» – Montipo, Davidovich, Manyani, Kabal, Lazovich (Ruben Vinagre, 74), Duda, Folorunsho (Belaen, 74), Suslov, Silva (Anri, 86), Tshatshua (Koppola, 85), Noslin (Sviderski, 65).
«Yuventus» – Shchensni, Kambiyazo (Vea, 82), Danilo, Rugani, Gatti (Aleks Sandro, 57), Kostich (Kiyeza, 57), Rabio, Lokatelli, Makkenni, Yildiz (Alkaras, 66), Vlahovich (Milik, 81).
O‘tgan turda «Udineze»dan sensatsion ravishda mag‘lubiyatga uchragan «Yuventus» skudettodan umid uzgandi, juma kungi o‘yinda zaxirada bitta o‘yini bor «Inter» «Salernitana»ni yirik hisobda tor-mor etib (4:0), oradagi farqni o‘n ochkoga yetkazdi. Massimiliano Allegri jamoasi hozirda kichik inqiroz holatida, bir oydan buyon g‘alaba qozonilmagan (=2-2). Veronada ham bu inqirozdan chiqish oson emasligi ma’lum bo‘ldi. Folorunshoning to‘pni havoda to‘xtamasdan yuqori burchakka joylashini tasodifga yo‘yish mumkin, ammo «Verona»ning ikkinchi goli turinliklar mudofaasidagi kamchiliklarni ko‘rsatib berdi.
Mehmonlarning hujum chizig‘ida ham barchasi joyida emas. Penalti qo‘yilgan vaziyatda ularga ma’lum darajada omad kulib boqdi. Rabioning ikkinchi golini esa haqiqiy jamoaviy gol deyish mumkin. Yana yaxshi hujumlar uyushtirildi, ammo «ikkinchi qavat»dan zarbalar bergan Vlahovich boshqa muvaffaqiyatga erisha olmadi. Jamoa kuchli to‘rtlikda mustahkam joylashgan, ammo yakshanba kuni «Milan» ikkinchi o‘ringa chiqib olishi mumkin.
Germaniya: «Bayyer» buyuk rekord arafasida
«Haydenhaym» – «Bayyer» 1:2
Gollar: 0:1 – 45 Frimpong, 0:2 – 81 Adli, 1:2 – 86 Klyayndinst.
«Haydenhaym» – Myuller, Traore, Maynka, Gimber (Piringer, 82), Ferenbah, Melouni, Beste (Pik, 76), Bek (Dovedan, 46), Sheppner (Zessa, 63), Klyayndinst, Dinkchi (Bush, 76).
«Bayyer» – Gradetski, Frimpong (Tella, 89), Ta, Stanishich, Inkapie, Grimaldo, Jaka, Andrix, Virts (Hofmann, 88), Adli (Tapsoba, 88), Shik (Iglesias, 74).
«Bavariya»ni yirik hisobda yengganidan keyin «Bayyer» ikkinchi bundesligadan chiqqan va o‘z uyida favoritlarga muammo tug‘dira oladigan jamoani ham osonlik bilan mahv etdi. Bungacha Haydenhaym «Shtutgart» mag‘lub bo‘lgan, yaqinda Dortmundning «Borussiya» klubi g‘alabali seriyasini to‘xtatishga majbur bo‘lgandi (0:0). «Bayyer» bilan o‘yinda mezbonlar birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalargacha turib berishdi, shundan keyin Adli Frimpong uchun gol urmaslik qiyin bo‘lgan vaziyat yaratib berdi.
Leverkuzenliklarning laterallari o‘yini — alohida san’at namunasi, chunki ular o‘ttizta golli hujumda ishtirok etishgan. Aleks Grimaldoda 17 (8+9) ball va — Frimpongda 13 (7+6). Ularsiz turnir jadvali yetakchiligi ham bo‘lmasdi, ammo barchasini ushbu juftlik hal qilmoqda, deyish ham o‘rinsiz. Mavsumning birinchi davrasi qahramoni Bonifase jarohat tufayli o‘ynay olmayapti, lekin mavsum kashfiyotlaridan biriga aylangan Virs bu safar ham aqlli pasi bilan Adliga ikkinchi golni urishda yordam berdi. Habi Alonso ixtiyorida barcha chiziqlarda ajoyib ijrochilar mavjud bo‘lgan ajoyib jamoa to‘plangan va bu jamoa mavsumning 32 o‘yinini mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, «Bavariya»ga tegishli bo‘lgan rekordni takrorladi. Keyingi o‘yin 24 fevral kuni «Mayns»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
«Volfsburg» – «Borussiya» D 1:1
Gollar: 0:1 – 8 Fyullkrug, 1:1 – 63 Gerhardt.
«Volfsburg» – Kastels, Lakrua, Yyens, Mele, Arnold, Svanberg (Gerhardt, 46), Mayer, Paredes, Baku, Berens (Nmecha, 77), Vind (Sarr, 88).
«Borussiya» D – Kobel, Ryuerson, Zyule, Shlotterbek, Matsen, Roys (O‘zjan, 79), Zabitser, Jan, Brandt, Sancho (Bayno-Gittens, 79), Fyullkrug (Mukoko, 85).
«Borussiya» uchun Volfsburgdagi o‘yin omadli boshlangandi, Roysning zarbasi o‘xshamagan bo‘lsa-da, Fyullkrug to‘pni darvoza to‘riga olib kirdi va qatorasiga yettinchi o‘yinda golli harakat qayd etdi (5+2). Mehmonlar uchun birinchi bo‘limdagi eng xavotirli vaziyat esa uzoq davolanishdan keyin safga qaytgan Kobelning jarohat olishi bo‘ldi. Yakkakurashdan keyin gazonga qulagan darvozabon shifokorlarni kutib o‘tirganida mezbonlar u tomon turli predmetlarni uloqtira boshlashdi.
Yakunda jiddiy shikastlanishdan qutulib qolgan Kobel Berensning zarbasidan keyin to‘pni darvoza ustuni tomon burib yuborishga erishdi va shu vaziyat o‘yin tabiati o‘zgarayotgani haqidagi signal edi. Tanaffusdan keyin «bo‘rilar» bosimni kuchaytirishdi, Kobel rikoshet orqali kelgan zarbani qaytarishiga to‘g‘ri keldi, ammo boshqa vaziyatda u Roysga yordamga yetib bora olmadi. Marko darvoza to‘riga kirib ketayotgan to‘pni boshi bilan to‘xtatdi, ammo bu vaqtda birinchi zarbaga sakrab bo‘lgan darvozabon Gerhardtning zarbasiga ulgurmadi. Bu gol «Borussiya» futbolchilarini sergaklantirdi, jamoa faollashdi, ammo vaziyatlardan foydalanilmadi va muhim ochkolar boy berildi.
«Darmshtadt» – «Shtutgart» 1:2
Gollar: 0:1 – 14 Girassi, 0:2 – 90 Daud, 1:2 – 90 Zaydel.
«Darmshtadt» – Shuen, Bader, Tsimmermann, Klarer (Nyurnberger, 46), Giyasula (Vilhelmsson, 86), Karich (Torziyello, 74), Holland, Melem (Shnellhardt, 86), Yustvan, Polter, Pfayffer (Zaydel, 74).
«Shtutgart» – Bredlov, Shtensel, Anton, Ito, Mittelshtedt (Stergiu, 81), Karazor, Shtiller, Fyurix (Jon Vu Yen, 72), Leveling (Vagnoman, 46), Girassi (Miyo, 63), Undav (Daud, 81).
Chetlatish: Shtensel (45).
RB «Leypsig» – «Borussiya» M 2:0
Gollar: 1:0 – 14 Simons, 2:0 – 57 Openda.
RB «Leypsig» – Gulachi, Xenrixs, Orban, Klostermann (Simakan, 23), Raum (Lukeba, 78), Shlager, Olmo (Baumgartner, 78), Aydara (Zayvald, 67), Simons, Poulsen (Sheshko, 67), Openda.
«Borussiya» M – Nikolas, Skalli (Ngumu, 59), Elvedi, Veber (Layner, 59), Itakura (Fridrix, 69), Nets, Vaygl, Kone, Rayts (Fukuda, 85), Xak (Onora, 69), Siyebatsho.
Ogohlantirishlar: Elvedi (8), Shlager (27), Itakura (33), Kone (44), Vaygl (46), Siyebatsho (83)
Dortmund qatorasiga ikkinchi safar o‘yinida durang o‘ynash bilan o‘z raqobatchilarini xursand qildi. Xususan, «Shtutgart» o‘z ta’qibchisining ochko yo‘qotishidan foylalanib, to‘rtinchi o‘rin bilan oradagi farqni besh ochkoga yetkazdi, «Darmshtadt»ga qarshi o‘yin boshida Girassining goli hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Afrikia kubogiga ketib, jarohat bilan qaytgan gvineyalik hujumchi o‘rnini yanvar oyining eng yaxshi futbolchisiga aylangan Undav bilintirmay turdi, ammo endi chempionatning eng yaxshi to‘purarlaridan biri yana katta sahnaga chiqdi. Burchak zarbasidan keyin hisobni ochgan Girassi gollari sonini 22 taga yetkazdi, jamoa tarixida biror futbolchi bundesligada mavsumning 18 o‘yinidan keyin bu kabi sermahsullikka erishmagandi.
«Leypsig» ham o‘yinlar kuni yakunida o‘zi uchun kerakli natijaga erishdi. Marko Roze jamoasi yilni yaxshi boshlay olmagandi, ammo so‘nggi uch turda yetti ochko jamg‘arishga erishdi. Endi YeChLga yo‘llanma beruvchi o‘ringa yetishga bir ochko qolgan. Shanba kuni «ho‘kizlar» jamoasida barcha yaxshi harakat qildi. Xavi Simons jarima maydoniga kirayotib Poulsendan pas qabul qilib oldi va qisqa tanaffusdan keyin yana gol urdi. Shlager esa o‘z jamoasi jarima maydoni atrofida turib Opendani yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi, hujumchi esa to‘pni darvozabon ustidan oshirib tashladi. Belgiyalik futbolchi ofsaydda qolgandek ko‘ringandi, ammo VAR ko‘pchilik tomoshabinlar kabi dastlab golni bekor qilgan hakam ham xato qilganini ko‘rsatdi.
Fransiya: Mbappening tabassumi
«Nant» — «PSJ» 0:2
Gollar: Ernandes (60), Mbappe (78, penalti).
«Nant» – Deskam, Pallua, Kastelletto, Zeze, Kotssa, Sissoko (Mutussami, 79), Chirivelya, Duglas, Koko (Ablin, 79), Kadevere (Traore, 62), Muhammad (Saymon, 74).
«PSJ» – Donnarumma, Markinos (Lukas Beraldo, 70), Danilu Pereyra, Ernandes, Ugarte, Vitinya, Zair-Emeri, Li Kan In (Dembele, 61), Asensio (Mbappe, 62), Barkolya (Gonsalu Ramush, 46), Kolo-Muani (Hakimi, 62).
Ogohlantirish: Sissoko (77).
So‘nggi kunlar Mbappe «Real»ga o‘tishi kutilayotgani haqidagi xabarlar bilan o‘tdi. Shu tufayli Kilian bu mish-mishlar fonida qanday o‘yin ko‘rsatishini kuzatish qiziq edi. Ammo u qatorasiga ikkinchi turni zaxira o‘rindig‘ida boshladi. U o‘tgan turda «Lill»ga qarshi o‘yinda maydonga umuman tushmagandi, bosh murabbiy uni Chempionlar ligasi uchun asragandi. Bu safar ham uning zaxirada qolishini uning jazolanishi sifatida qarash o‘rinsiz, chunki jamoaning boshqa yetakchilariga ham dam berilgandi.
Maydonga tushganlar esa qattiq ter to‘kishiga to‘g‘ri keldi. Birinchi bo‘lim oxirida mezbonlar safida Palluaning goli ofsayd tufayli bekor qilindi. Bundan oldinroq esa Markinos yaqin masofadan turib bo‘sh burchak tomon yo‘naltirilgan zarbani to‘sib qolgandi. Ikkinchi bo‘limda esa Ernandes hisobni ochishiga rikoshet yordam berib yubordi. Ayni shu pallada maydo chetida Parijdagi eng yaxshi do‘sti Hakimi bilan birga yuzida nimtabassum bilan Mbappe ko‘rinish berdi. U penalti ishlab, uni o‘zi aniq ijro etgach yanada yoyilib tabassum qildi va o‘yin yakunlangani haqidagi hushtak yangraganida yangicha nishonlash uslubini namoyish etdi.
Kun statistikasi
Comments
0 comment