qarashlar
Milliy turoperator Umra ziyoratini amalga oshirish uchun kompleks to‘plamlarni taklif qilmoqda, bunda butun safar vaqtida yuqori xizmat sifati kafolatlanadi.
Tez orada musulmon ahli uchun yildagi eng ahamiyatli oy – muqaddas Ramazon oyi boshlanadi. Ushbu oy yangilanish va ziyorat uchun o‘zgacha vaqt hisoblanadi. Umra bu – yilning istalgan vaqtida ado etish mumkin bo‘lgan kichik ziyorat. Lekin ushbu ziyoratni Ramazon vaqtida amalga oshirish o‘zgacha ma’noga ega.
Asialuxe Travel milliy turoperatori ushbu muqaddas oyda Umra ziyoratini amalga oshirish uchun xizmat sifati va butun safar vaqtida qulaylikni kafolatlovchi maxsus kompleks to‘plamlarni tayyorladi.
Lisenziyaning mavjudligi
Asialuxe Travel litsenziyalangan turoperator bo‘lib, ziyoratni tashkillashtirish huquqiga ega. Bu xizmatlar sifatini – parvozdan boshlab ovqatlanish va yashash sharoitlarigacha, shuningdek, hech bir ziyoratchi noqulay vaziyatlarga duch kelmasligi va e’tiborsiz qolmasligini kafolatlaydi.
Qulay parvoz
Ëshi katta insonlar uchun uzoq parvoz ayrim qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Aynan shu sababli Asialuxe Travel parvoz vaqtida qulaylik va xavfsizlik bilan ta’minlaydigan Uzbekistan Airways aviakompaniyasini tanlagan. To‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar Toshkentdan Jiddaga va ortga amalga oshiriladi.
Transfer va kuzatib borish
Jiddaga uchib kelgan barcha ziyoratchilar uchun qulay avtobuslarda aeroportdan Madina va Makkadagi mehmonxonalarga va aeroportga qaytish transferi tashkillashtiriladi.
Shuningdek, har bir guruhga tajribali gidlar biriktiriladi, ular namoz o‘qish joylari va vaqtlari hamda Umra amallarini bajarish bo‘yicha kerakli yordamni berishadi, mahalliy udumlar haqida aytib berishadi. Doimiy kuzatib borish notanish davlatda qulaylik va xavfsizlikni taqdim etadi, bu esa yoshi katta insonlar uchun juda muhim.
Ovqatlanish va sug‘urta
Butun safar vaqtida mehmonxonalarda o‘zbekistonlik oshpazlar tomonidan ikki martali ovqatlanish imkoniyati taqdim etiladi. Shuningdek, Asialuxe Travel tibbiy sug‘urta rasmiylashtirishda yordam beradi, bu zaruriy holatlarda tezkor va tibbiy yordam xarajatlarini qoplaydi.
«Ramazon ekonom» to‘plamining narxi $1250 dan boshlanib, narxga quyidagilar kiradi:
· to‘g‘ridan to‘g‘ri parvoz;
· qulay avtobus;
· o‘zbekistonlik oshpazlardan ikki mahal ovqatlanish;
· tibbiy sug‘urta;
· yuqori malakali gidlar;
· ziyoratchi uchun to‘plam.
Madina: One Inn Hotel mehmonxonasida 3 kecha. Mehmonxona shahar markazida, diqqatga sazovor joylarga bir qadam yaqinlikda hamda jamoat transporti bekatlari va umumiy ovqatlanish joylariga yaqin joyda joylashgan.
Makka: Burjal Saif Hotel mehmonxonasi 11 kecha. Mehmonxona al-Xaram masjididan 5,5 km va diqqatga sazovor joylarga bir qadam yaqinlikda joylashgan.
Band qilish sanalari:
· 04.03.2024 - 18.03.2024
· 07.03.2024 - 21.03.2024
· 11.03.2024 - 25.03.2024
· 14.03.2024 - 28.03.2024
· 18.03.2024 - 01.04.2024
· 21.03.2024 - 04.04.2024
Shuningdek, har bir ziyoratchining qulayligi va istaklari inobatga olinadigan individual VIP-to‘plamlarni yaratish imkoniyati ham mavjud. Bunday to‘plamlarda keng xizmatlar tanlovi taqdim etiladi, xususan:
· shaxsiy jadval va rejalarga muvofiq, istalgan kun va kechalar miqdorini tanlash;
· bosh masjidlar va diqqatga sazovor joylarga yaqin joylashgan istalgan toifadagi mehmonxonalarni tanlash;
· o‘zbekistonlik oshpazlardan uch martalik ovqatlanish tanlovi;
· istalgan markadagi avtomobillarda qulay transferlar;
· Makka va Madina o‘rtasida tez yuruvchi poyezdda transfer, bu vaqtni sezilarli darajada tejashga imkon beradi.
To‘plamlar va shaxsiy xohishlarga muvofiq turlarni tashkillashtirish imkoniyati haqida batafsil ma’lumotni kompaniya saytida yoki +998 71 201 77 77 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel
Telegram: @t.me/asialuxe
Telegram: @asialuxe_umra
Instagram: @umra_asialuxe.travel
Reklama huquqi asosida
Comments
0 comment