qarashlar
Auksionda 12 ming 500 dollarga “Yulduzlar jangi: Epizod IV — Yangi umid” filmi ssenariysi sotildi, uni Harrison Ford Londondagi ijara uyida unutib qoldirgan. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Ushbu ssenariy 1976-yil 15-mart sanasi bilan bitilgan va filmning to‘rtinchi qoralama nusxasi edi. Franshizada Xan Solo rolini ijro etgan Harrison Ford uni Hartfordshirda suratga olish jarayonida o‘rganib chiqayotgan edi.
Lotni avstraliyalik xususiy kolleksioner sotib oldi.
Qiziqarli tomoni, mazkur ssenariy The Adventures of Luke Starkiller (“Lyuk Starkiller sarguzashtlari”) deb nomlangan va yakuniy qismidan kesib tashlangan qahramon va sahnalarni o‘z ichiga olgan.
Ssenariydan tashqari, Harrison Ford u uyda suratga tushish vaqti va rejalari bitilgan daftar va qaydlar to‘plamini ham qoldirgan. Ularni britaniyalik xaridor 6 ming dollarga sotib oldi. Sotilgan qog‘ozlarning barchasi Notting Hilldagi xususiy uyda taxminan 50 yil davomida saqlangan.
Comments
0 comment