menu
Yoshlarning xalqaro IT sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi
Ariza beruvchining xalqaro IT sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizigacha bo‘lgan qismini qoplab berishda ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikat talab etilmaydi

Hukumat qarori bilan “Yoshlarning xalqaro IT sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti” tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, ariza beruvchi xalqaro IT sertifikat berilgan sanadan 180 kalendar kun mobaynida mazkur sertifikatni olish xarajatlarini qoplab berishni so‘rab, YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi lozim. Ariza beruvchining xalqaro IT sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizigacha bo‘lgan qismini qoplab berishda ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikat talab etilmaydi.

Xalqaro IT sertifikatlar boshlang‘ich darajada bo‘lganda 30 foiz, o‘rta darajada bo‘lganda 40 foiz hamda professional darajada bo‘lganda 60 foiz miqdorda sarflangan xarajatlar qoplab beriladi.

Ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi hamda professional darajadagi xalqaro IT sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarning xalqaro IT sertifikatni olish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!