menu
Yevropada NATOning muqobili tuzilmoqda
Yangi tuzilma NATOga bo‘ysunadimi?

Yevropa davlatlari AQSH prezidentlik saylovlarida Donald Trampning ehtimoliy g‘alabasiga hozirlik ko‘rmoqda. Ular AQSHsiz ham faoliyat yurita oladigan “NATOga qo‘shimcha” yaratish imkoniyatini o‘rganmoqda, deya xabar beradi The Washington Post.

Rossiya tomonidan hujumga uchrasa, Trampning NATO davlatlarini himoya qilmaslik haqidagi tahdididan so‘ng, Yevropa rasmiylari Shimoliy Atlantika ittifoqiga muqobil variantni muhokama qila boshladi. Yangi tuzilma butun qit’ani qamrab olishi, AQSH xavfsizlik kafolatlari bilan uyg‘un ishlashi kutilmoqda.

Yevropa davlatlari o‘zini yadro qalqoni bilan qanday ta’minlashi hozircha noma’lum. Munozaralar odatdagi tortishuvlarga ulanib ketdi, deb yozadi nashr. Fransiya va Germaniya “to‘lovlarni kim to‘lashi” bo‘yicha kelisha olmagan. Sharqiy Yevropa G‘arbiy Yevropaning Rossiyadan qilinadigan tahdidlarga javob berishiga ishonchsizlik bildirgan. Yevropa yetakchilari va rasmiylari Donald Tramp va uning ittifoqchilari bilan xavfsizlik masalalari bo‘yicha muloqotni “katta qiyinchilik bilan” amalga oshirmoqda. Yevropa Ittifoqi davlatlarining ayrim vakillari Tramp tarafdorlari bilan aloqa o‘rnatishga harakat qilmoqda. 

Bloomberg xabar berishicha, NATO a’zolari Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Shimoliy Atlantika alyansi davlatlaridan biriga Rossiya hujumi ehtimolini muhokama qilgan. Ular bu tahdid “shoshilinch javob” choralarini talab qiladi, deb hisoblaydi. NATO davlatlari AQSHning Yevropani himoya qilishdagi an’anaviy rolini saqlab qolishiga tobora ko‘proq shubha qilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!