23
qarashlar
qarashlar
YIning 26 ta davlati tasdiqlagan bayonotga birgina davlat qo‘shilmagan
Bryusselda 19-fevral kuni Yevropa Ittifoqining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida Isroil G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish, barcha isroillik asirlarni ozod qilish va tinch aholiga gumanitar yordam ko‘rsatish mazmunidagi bayonot 26 ta davlat tomonidan ma’qullangan. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
DPA’ga ko‘ra, hozirda Rafah shahrida bir millionga yaqin tinch aholi istiqomat qiladi. Ularning aksariyati G‘azo sektorining boshqa qismlaridan kelgan qochqinlardir.
Tashqi ishlar vazirlarining qo‘shma bayonotiga qo‘shilmagan yagona Yevropa Ittifoqi davlati Vengriya bo‘ldi, deb yozadi DPA. Ta’kidlanishicha, Vengriya Isroilga nisbatan do‘stona munosabatda.
Comments
0 comment