menu
XVJ Ukrainaga 880 million dollar miqdorida transh ajratishni ma’qulladi  
Jamg‘arma Ukraina iqtisodiyotining 2024-yilga mo‘ljallangan rivojlanishi prognozi “o‘ta noaniq”ligicha qolayotganini tan olgan

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) ijrochi direktorlari kengashi Ukrainaga 880 million dollar miqdorida navbatdagi kredit ulushi ajratish bo‘yicha kelishuvlarni ma’qulladi. Bu haqda XVJ matbuot xizmati bayonotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Ukrainaga navbatdagi transh ajratish bo‘yicha kelishuvga fevral oyida erishilgan edi. Jamg‘arma Ukraina iqtisodiyotining 2024-yilga mo‘ljallangan rivojlanishi prognozi “o‘ta noaniq”ligicha qolayotganini tan olgan.

To‘rt yillik kengaytirilgan kredit dasturi doirasidagi avvalgi 900 million dollarlik transh XVJ tomonidan 2023-yil dekabr oyida tasdiqlangan. Jamg‘arma avvalroq ushbu mexanizm bo‘yicha Ukraina uchun to‘rt yillik dasturni 15,6 milliard dollar miqdorida moliyalashtirishni tasdiqlagan edi. Ukraina davlat byudjetining umumiy fondiga 2023-yilning 3-aprelida 2,7 milliard dollarlik birinchi transh qabul qilingan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!