qarashlar
Qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalafot o‘tkazish, isteʼmolchilarga yoqilg‘i-energiya resurslarini barqaror yetkazib berish hamda ularni tejash bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan ayrim rahbarlarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi qabul qilindi.
Mazkur hujjatga asosan hududlardagi bir qator masʼullarga intizomiy jazo qo‘llanilgan.
Xususan, elektr energiyasi va tabiiy gazni iqtisod qilish bo‘yicha belgilangan rejaga amal qilmagani, energiya resurslaridan foydalanishda limitdan oshishiga yo‘l qo‘ygani hamda nazoratni taʼminlamagani uchun
Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘ygani uchun
Bundan tashqari, hududlarda aholiga ko‘mir tarqatishni kechiktirish, sifatsiz ko‘mir tarqatish kabi holatlar juda ko‘p kuzatilgani hamda ushbu holatlarni zarur darajada nazoratga olmagani uchun “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori o‘rinbosari E.Yakubov oxirgi marta ogohlantirildi.
Farmoyish bilan tegishli vazirlik va idoralarga ko‘rsatilgan shahar hamda tumanlar sektor rahbarlari faoliyatiga baho berib, ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish hamda natijalari to‘g‘risida bir kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish topshirildi.
Comments
0 comment