qarashlar
Namanganda avtomobil yo‘llarining holati maxsus mashinalar yordamida o‘rganilmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Respublika Avtomobil yo‘llari texnik holati tahlili va harakat xavfsizligi markazining ko‘chma yo‘l laboratoriyasi va multifunksional transport tizimi yordamida yo‘l to‘shamasi mustahkamligi, qoplamalarda hosil bo‘lgan kamchilik va nuqsonlar tekshirilmoqda.
Foto: Oqilxon Mamajonov
Bugungi kunga qadar viloyatning 2700 kilometr masofadagi avtomobil yo‘llari ko‘zdan kechirilib, diagnostika ishlari yakunlandi.
Foto: Oqilxon Mamajonov
Ushbu maʼlumotlar tahlil etilib, viloyatda taʼmirlash, mukammal taʼmirlash va rekonstruksiya ishlari olib boriladigan yo‘llar hamda ularni bajarish uchun talab etiladigan mablag‘ to‘g‘risidagi maʼlumotlar umumlashtiriladi.
Foto: Oqilxon Mamajonov
Maʼlumot uchun, Namangan viloyatida umumiy foydalanishdagi 3377 kilometr avtomobil yo‘llari bo‘lib, ularning qariyb 900 kilometri taʼmirtalab holatda.
Foto: Oqilxon Mamajonov
Foto: Oqilxon Mamajonov
Comments
0 comment