menu
Xorazmda umumiy investitsiya hajmi 10 mlrd dollardan ziyod bo‘lgan gaz-kimyo loyihasi amalga oshiriladi
Shavkat Mirziyoyev Energetika vazirligi, “O‘zkimyosanoat” va yirik xorijiy investitsiya kompaniyasi rahbariyati bilan yig‘ilish o‘tkazdi

Xorazm viloyatiga tashrifning birinchi kuni yakunida Shavkat Mirziyoyev Energetika vazirligi, “O‘zkimyosanoat” AJ va yirik xorijiy investitsiya kompaniyasi rahbariyati bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xorazm viloyatida umumiy investitsiya hajmi 10 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yirik gaz-kimyo loyihasini birgalikda amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bo‘lajak quvvatlar yiliga 2,5 million tonna mahsulot ishlab chiqarishi va 3 ming ish o‘rni yaratishi kutilmoqda. Loyihani amalga oshirish muddati — 2024-2028-yillar.

Loyiha gaz-kimyo tarmog‘i rivojiga yangi surʼat bag‘ishlaydi va Yangi O‘zbekiston sanoatining flagmanlaridan biriga aylanadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!