menu
Xitoy tashqi qarzi 2023-yil oxiriga kelib 2,45 trillion dollarga yetgani ma’lum qilindi
2023-yil sentyabr oyi oxirida mamlakat tashqi qarzining umumiy hajmi 2,38 trillion dollarni tashkil etgandi

Xitoyning tashqi qarzi 2023-yil yakuniga ko‘ra 2,45 trillion dollarni tashkil etdi, deya xabar beradi Xitoy Davlat valyuta boshqarmasi.

Sinxua agentligi departament ma’lumotlariga tayanib ma’lum qilishicha, o‘rta va uzoq muddatli qarz umumiy qarzning qariyb 44 foizini tashkil etgan. Shu bilan birga, tashqi qarzning 47 foizi dollarda emas, yuanda bo‘lgan.

2023-yil sentyabr oyi oxirida mamlakat tashqi qarzining umumiy hajmi 2,38 trillion dollarni tashkil etgandi.

Avvalroq Vashington va London Xitoy fuqarolari va kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritgani haqida xabar berilgandi.

Sanksiyaga tushgan shaxslar Britaniya saylovlarini nishonga olgan kiberjosuslikda, jumladan, o‘n millionlab britaniyalik saylovchilar haqidagi ma’lumotlarga kirishda ayblangan.

Xitoy TIV esa bunday da’volar dalillarga asoslangan bo‘lishi kerakligini aytgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!