menu
 Vladimir Putin Avdeyevkani ishg‘ol qilganlarni taqdirladi
Avvalroq Ukraina harbiylari Avdeyevka shahrini tark etgani maʼlum qilingan edi. Bu voqeadan so‘ng rus armiyasi shaharni osonlikcha qo‘lga kiritgan

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21-fevral kuni bir qancha askarlarni Avdeyevka va Zaporojye hududlari uchun janglarda ko‘rsatgan jasorati uchun taqdirladi. Bu haqda rus nashrlariga tayanib, CNN xabar berdi.

Avvalroq Ukraina harbiylari Avdeyevka shahrini tark etgani maʼlum qilingan edi. Bu voqeadan so‘ng rus armiyasi shaharni osonlikcha qo‘lga kiritgan.

Xabarga ko‘ra, Rossiya rahbari Moskva tashqarisidagi Chkalovskiy aerodromiga havo-kosmik kuchlari askarlarini davlat mukofotlari bilan shaxsan taqdirlash uchun borgan. Aerodromda Rossiya rahbarini mudofaa vaziri Sergey Shoygu kutib olgan.

Marosimda askarlarga murojaat qilar ekan, Putin ularga “topshiriqlarni bajarishda yuksak mahorat ko‘rsatgani” uchun minnatdorlik bildirgan.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya armiyasi qo‘mondoni, armiya generali Valeriy Gerasimov Ukraina sharqidagi front chizig‘i atrofidagi harbiy qismga tashrif buyurganini maʼlum qilga edi. Gerasimov u yerda Avdeyevkaga hujumda qatnashgan bir qancha askarlarga mukofot topshirgani aytilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!