11
qarashlar
qarashlar
Faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun 2023-yilda 49 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilgan
Faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun 2023-yilda 49 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilgan. Bu haqda 1-mart kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan Sudyalar oliy kengashining 2023-yildagi faoliyati sarhisobi bo‘yicha matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Qo‘shimcha qilinishicha, Xalq deputatlari mahalliy kengashlarining sudlarga turli vazifalar yuklash haqidagi 9 ta qarori bekor qilingan. Bunda 2 ta holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va 1 ta holat bo‘yicha sudyaga nisbatan chiqarilgan ma’muriy javobgarlikka oid qaror bekor qilingan. Yana 1 ta holat bo‘yicha o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Ma’lumot uchun, ayni paytda tizimda 1 ming 409 nafar sudya faoliyat olib bormoqda.
Comments
0 comment