menu
Uy qamog‘i va ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilinganlarni masofaviy nazorat qilish butun O‘zbekiston bo‘ylab joriy etiladi
Hukumatning tegishli qarori loyihasi e’lon qilindi

Uy qamog‘i ehtiyot chorasi va ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanilgan shaxslarni masofaviy nazorat qilish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:

Mazkur loyihaning dastlabki tahriri bo‘yicha Oliy sudning takliflari (2024-yil 29-yanvardagi xatida 4 ta taklif bildirilgan), ikkinchi tahriri bo‘yicha Oliy sud (2024-yil 14-fevraldagi xatida 2 ta taklif bildirilgan), Bosh prokuratura (2024-yil 18-fevraldagi xatida 4 ta taklif bildirilgan) va Sog‘liqni saqlash vazirligi (2024-yil 16-martdagi xatida 1 ta taklif bildirilgan) ning takliflari o‘rganilgan hamda ularning barchasi inobatga olinib, loyiha takomillashtirilgan.

Qayd etilishicha, IIV Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi asosida amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi bajarilgan, loyiha natijasida elektron braslet yaratilib, uning dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan.

Respublikaning 14 ta hududida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar ichki ishlar organlari jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, probatsiya xizmatlarida) sinovdan o‘tkazilib, amaliyotga joriy etishga tayyor holatga keltirilgan.

Loyihaga ko‘ra, uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxslarga nisbatan elektron brasletni qo‘llash (elektron brasletni xarid qilish) xarajatlari hududiy ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan, ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarga nisbatan Probatsiya xizmatini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!