qarashlar
Ukraina razvedkasi amerikalik hamkasblari bilan rus harbiylarining harakatlarini kuzatish, ularning suhbatlarini tinglash va boshqa muhim ma’lumotlarni to‘plash uchun maxfiy bazalar tarmog‘ini yaratdi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, AQSH razvedkasi rus pozitsiyalariga aniq raketa zarbalari berish uchun Ukrainani razvedka ma’lumotlari bilan ta’minlaydi, rus qo‘shinlarining harakatlarini kuzatib boradi. Bazalar tarmog‘i sakkiz yil oldin, 2016-yilda AQSHning uch prezidenti — Barak Obama, Donald Tramp va Jo Bayden boshchiligida shakllana boshlagan.
Dastlab AQSH razvedkasi Kiyevga “ishonib bo‘lmasligi” va Moskva provokatsiya qilishi ehtimolidan qo‘rqib, hamkorlik qilishni istamagan.
Rossiya rasmiylariga ko‘ra, ular Ukraina G‘arb davlatlaridan razvedka ma’lumotlari olayotganidan xabardor. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu urush maqsadlariga erishishga xalaqit bermasligini aytmoqda.
Comments
0 comment