menu
Turkiyaning KAAN qiruvchi samolyoti ilk parvozini amalga oshirdi (video)
KAAN yuqori harbiy imkoniyatga ega ekanligi ma’lum qilingan

Turkiya mudofaa sanoati va harbiy aviatsiya portali SavunmaSanayiST Turkiyaning beshinchi avlod qiruvchi samolyoti KAAN ilk parvozini amalga oshirganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Parvoz sinovlari dekabr oyining oxiriga rejalashtirilgan edi, biroq bir necha bor qoldirilgan.

Turkiya rasmiylari hozircha rasmiy izoh bermagan. O‘tgan yilning may oyida Turkiya prezidenti beshinchi avlod milliy jangovar samolyotining nomini KAAN deb e’lon qilgan edi.

Erdo‘g‘on samolyotning eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlanganini, yuqori manyovr va nishonga olish aniqligiga ega ekanligini ta’kidlagan. Turkiya armiyasi birinchi qiruvchi samolyotni 2028-yilda qabul qilishi rejalashtirilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!