menu
Turkiyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik mamlakatga deportatsiya qilindi 
U O‘zbekiston IIV tomonidan qidiruvda bo‘lgan

Turkiyada qo‘lga olingan qidiruvdagi o‘zbekistonlik mamlakatga deportatsiya qilindi. Bu haqda Bosh konsulxona axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan. U firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan. 

1976-yilda tug‘ilgan M.S. joriy yilning 20-fevral kuni O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari ishtirokida Istanbul xalqaro aeropotidan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so‘ralgan.

30-yanvar kuni fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirishda ayblanib, 2022-yildan buyon O‘zbekiston IIV tomonidan qidiruvda bo‘lgan Faxriddin Shakarboyev (1965-yilda tug‘ilgan) hamda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishda ayblanib, 2018-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Xumoyunbek Mardonov O‘zbekistonga deportatsiya qilingandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!