menu
Turkiya yetakchisi Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotlarini genotsid deb atadi
1-mart kuni Antaliya diplomatik forumi chog‘ida so‘zga chiqqan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroilga qarshi bir qator keskin bayonotlar bergan

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroilning G‘azodagi harbiy kampaniyasini “genotsidga urinish” deya baholadi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

1-mart kuni Antaliya diplomatik forumi chog‘ida so‘zga chiqqan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroilga qarshi bir qator keskin bayonotlar bergan. Isroilning to‘xtamayotgan hujumi ortida genotsid qilish niyati borligini bildirgan.

“Hatto urushda ham amal qilish kerak bo‘lgan axloq, etiket va qonun-qoidalar bor. Ona bag‘ridagi go‘daklarni ochlik va tashnalikka hukmiga tashlab qo‘yish bu dahshatli. Kasalxonalar, cherkovlar, masjidlar, maktablar, universitetlar, qochqinlar lagerlari va tez yordam mashinalarini bombalar nishoniga aylantirish bu vahshiylikdir,“ — degan Anqaradagi hukumat oliy rahbari.

Erdog‘on forumda Falastin davlatini tuzishga chaqirgan. Prezidentga ko‘ra, mustaqil davlatni tan olmasdan turib, na Falastindagi zulmni to‘xtatish mumkin va na xalqaro tizimga ishonchni tiklash.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!