qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
O‘zbekiston | 07:31 182 2 daqiqa o‘qiladi Shavkat Mirziyoyev AMEA Power, M42 va IFFCO kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdiO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahriga tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida AMEA Power kompaniyasi rahbari Husayn al-Novays, M42 kompaniyasi rahbari Hasan Jasim al-Novays va IFFCO Group kompaniyasi rahbari Sheroz Allanni qabul qildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
AMEA Power - qayta tiklanuvchi energiya sohasida tez sur’atda rivojlanayotgan kompaniya. 20 mamlakatda umumiy quvvati 6 gigavattdan ortiq bo‘lgan loyihalar portfeliga ega. M42 innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. IFFCO Group oziq-ovqat sohasida 100 dan ortiq brendlarni boshqaradi.
Energetika, innovatsiyalar, sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat sanoatida qo‘shma loyihalarni ilgari surish hamda BAA kompaniyalari bilan innovatsion hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
AMEA Power kompaniyasi bilan hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani qayd etildi. Shamol elektr stansiyalari, energiya saqlash tizimlarini qurish, neft-kimyo sohasida yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etish loyihalarini jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, M42 kompaniyasi bilan genomika sohasida, IFFCO Group bilan esa oziq-ovqat sanoati va maishiy kimyo uchun ingrediyentlar ishlab chiqarishda o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlashga e’tibor qaratildi.
17:58 / 14.01.2025
16:52 / 14.01.2025
14:06 / 14.01.2025
22:44 / 13.01.2025
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment