menu
Toshkentda ikkita Yutong avtobusi va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Hodisa oqibatida 20 yoshli yo‘lovchi tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Yakkasaroy tumanida Yutong rusumli elektrobus bilan sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 20-fevral kuni soat 09:30 larda Yakkasaroy tumani Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasi, Newport sotuv ofisi qarshisida Yutong rusumli elektrobus boshqarib ketayotgan 27 yoshli D.S. rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagiga chiqib ketgan. Oqibatda u qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan 44 yoshli X.M. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtoulovi bilan to‘qnashgan.

Shundan so‘ng, Yutong 28 yoshli A.A. boshqaruvida bo‘lgan boshqa bir Yutong bilan YTH sodir etgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida D.S. boshqaruvida bo‘lgan elektrobus ichida ketayotgan 20 yoshli yo‘lovchi tan jarohat olib, shifoxonaga murojaat qilgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!