menu
Toshkentda 5,6 tonna benzinni noqonuniy sotish holatlari aniqlandi 
Mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Toshkent shahrida 5,6 tonna benzin yonilg‘isi noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda aniqlangan. 13 nafar fuqaro yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan holda noqonuniy daromad orttirish maqsadida Ai-80, Ai-95, Ai-92 markali benzin yonilg‘isini qimmat narxlarda chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlanib, ulardan jami 5,6 tonna benzin yonilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!