menu
Toshkentda 175 ta jarimani to‘lamagan haydovchining Jetourʼi xatlandi 
Mashina harakatlanayotganda ushlanib, jarima maydoniga joylashtirilgan

Toshkent shahri Sergeli tumanida 175 ta jarimani to‘lamagan haydovchining Jetourʼi xatlandi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Majburiy ijro byurosining Sergeli tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent shahar YHXBB ning maʼmuriy jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qaroriga asosan, qarzdor fuqaro G.X.dan undiruvchi davlat foydasiga jami 175 ta 83 million 695 ming so‘mlik maʼmuriy jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud. 

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha byuroning tuman bo‘limi tomonidan qarzdor fuqaroga bir necha marta ogohlantirishlar berilgan bo‘lsa-da, qarzdor fuqaro maʼmuriy jarimalarni to‘lamagani oqibatida unga tegishli bo‘lgan Jetour poytaxt ko‘chalarida harakatlanayotganda ushlanib, jarima maydoniga joylashtirildi. Hozirda mashinani auksionga chiqarish choralari ko‘rilmoqda, savdodan tushgan pul mablag‘lari qarzdorlikni qoplash uchun davlat foydasiga yo‘naltiriladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!