qarashlar
Toshkentda 1—25-aprel kunlari issiq suv taʼminotini uzmagan holda isitish tarmoqlarini gidravlik sinovdan o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu sinovlar isitish mavsumiga yuqori sifatli tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, isteʼmolchilarga issiq suv taʼminotini cheklamasdan amalga oshiriladi.
Nosozliklar aniqlangan taqdirda (78) 129-01-85 telefon raqami orqali maʼlum qilish so‘raladi.
Eslatib o‘tamiz, poytaxtda 6-noyabrdan isitish mavsumi boshlangan va 26-martdan yakunlangan edi. 2023-yil yakuniga ko‘ra, yuridik shaxslar uchun issiqlik taʼminoti xizmatlari tariflari 1,5 baravarga, byudjet muassasalari uchun esa 1,6 barobarga oshgandi. O‘shanda aholi uchun tarif o‘zgarishsiz qolgandi, Veolia Energy kompaniyasining issiqlik taʼminoti uchun bazaviy tarifi 67,3 foizga — 664 465 so‘mga oshgan.
Comments
0 comment