menu
Toshkent viloyatida Zulfiya Zokirova nomidagi meʼmorial majmua uchun 1 mlrd so‘m ajratildi
2021-yili Zulfiya Zokirova haykalini qurish uchun 28,4 mlrd so‘m ajratilgan edi, biroq keyinchalik qaror ijrosi kechiktirilgani aytilgandi

Nurafshon shahar hududida Zulfiya Zokirova nomidagi meʼmorial majmua quriladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur doiradagi ishlarni amalga oshirish uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 1 milliard so‘m miqdorda mablag‘ ajratilgan.

2021-yilning noyabr oyida o‘sha vaqtdagi Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatovning farmoyishiga ko‘ra, Nurafshon shahrida Zulfiya Zokirova nomiga haykal majmuasini qurish va atrofini obodonlashtirish ishlari uchun 28,4 milliard so‘m ajratilgan edi.

Ayni 2021-yilning noyabr oyida Toshkent viloyati hokimi etib tayinlangan Zoir Mirzayev Zulfiya Zokirova nomiga haykal majmuasini qurish va atrofini obodonlashtirish hamda Nurafshon Business City hududida zamonaviy kutubxona binosini qurish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilgan edi.

Keyinroq viloyat hokimligi loyiha bekor qilinmagani, faqat kechiktirilganini maʼlum qilgandi.

Maʼlumot uchun, Zulfiya Zokirova Ikkinchi jahon urushida beshta o‘g‘lini yo‘qotgan ona hisoblanadi. Zulfiya Zokirova taqdiri aks etgan “Ilhaq” filmi suratga olingan. Toshkentdagi G‘alaba bog‘ida ilk haykali o‘rnatilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!