menu
Timur Kapadze aprel oyidagi yig‘inlar uchun O‘zbekiston U-23 terma jamoasining tarkibini e’lon qildi 
Terma jamoa nazorat uchrashuvi doirasida Xitoyga qarshi maydonga tushadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 2-apreldan Toshkentda mashg‘ulotlarga kirishadi.

Rejaga muvofiq, yig‘inning ikkinchi qismi 6-aprel sanasidan boshlab Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiriladi. Terma jamoa nazorat uchrashuvi doirasida 10-aprel kuni Xitoyga qarshi maydonga tushadi. 

Maʼlumot uchun, dastlabki yig‘inga asosan mahalliy klublarda to‘p suruvchi futbolchilar jalb etildi. Ayni paytda legionerlar klublari bilan muzokaralar davom etmoqda va yakuniy ro‘yxat O‘FA rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!