qarashlar
Mutaxassis diyetologlar ta’kidlashicha, har qanday parhezning asosiy qoidasi — bu kunning qolgan qismida sizni kuch bilan ta’minlaydigan to‘yimli va foydali nonushta.
Qish fasli ham tugab bormoqda, shunday ekan, tayyorgarlikni avvaldan ko‘rishni va bahor mavsumigacha maqsadingizga erishishda yordam beradigan quyidagi nonushta qoidalariga amal qilishni tavsiya etamiz.
Nonushtaga hech qanday bulochka yoki pishiriq yemang
Vazn tashlashga harakat qilayotgan odamlar ertalabki ovqatga xamirturushli non mahsulotlarini yeyishning zarari yo‘q deb o‘ylaydi. Vaholanki, tongda och qoringa iste’mol qilingan shirinlik qondagi shakar miqdorini oshirib yuboradi, energiyani kamaytiradi va kun davomida yana shirinlik yeyish istagi paydo bo‘ladi.
Har kuni bir vaqtda nonushta qiling
Parhezda kun tartibiga amal qilish oshqozon-ichak tizimiga ijobiy ta’sir qiladi va tartibga o‘rgangan organizmda ochlik hissini tuyish ehtimoli kamayadi.
Sho‘r mahsulotlardan cheklaning
Kolbasa mahsulotlari, sho‘r taomlar ishtahani yanada ochadigan xususiyatga ega, shu sababli bunday mahsulotlarni parhezdan umuman chiqarib tashlash to‘g‘ri qaror bo‘ladi.
Oqsilli mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qiling
Tuxum, tvorog, yog‘siz pishloq, yogurt kabi oqsilga boy mahsulotlar tushlikka qadar o‘zingizni to‘q his qilishingizga yordam beradi.
Nonushtadan avval 1 stakan suv iching
Barcha diyetologlar birday ta’kidlaydigan odat — erta tongda 1 piyola iliq va toza suv ichish nonushtaga ortiqcha ovqat yeb qo‘yishdan qaytaradi va tanani energiya bilan to‘yintiradi.
Kletchatka yodingizdan ko‘tarilmasin
Tarkibida kletchatka moddasi bor mahsulotlar tushlik vaqtigacha barvaqt och qolishdan saqlaydi. Masalan, meva va sabzavotlar, donli non, suli yormasi, kinoa kabilar shular jumlasidandir.
Comments
0 comment