menu
“Talimarjon” IESda yong‘in yuz bergani rad etildi
Stansiyada changlarning bir-biriga ishqalanishi oqibatida alangalanish yuzaga kelgan

Energetika vazirligi  Qashqadaryo viloyatidagi “Talimarjon” issiqlik elektr stansiyasida (IES) yong‘in yuz bergani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad etdi.

Qayd etilishicha, stansiyada tabiiy gazdan foydalaniladi. Bu esa bug‘-gaz qurilmalariga yoqilg‘i yetkazib beruvchi quvurlardagi filtrlarda chang o‘tirib qolishiga olib keladi. Aynan changlarning bir-biriga ishqalanishi natijasida alangalanish yuzaga kelgan. Bu holat yong‘in sifatida noto‘g‘ri talqin etilgan. 

Texnik xizmat ko‘rsatish ishlari yakunlangach, bug‘-gaz qurilmasi qayta ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 20-yanvar kuni “Yangi Angren” issiqlik elektr stansiyasining profilaktika choralarini ko‘rish uchun to‘xtatilgan 5-energiya blokida chang-ko‘mirli havo aralashmasining portlashi sodir bo‘lgan, portlash oqibatida uch kishi halok bo‘lgan va yana uch kishi jarohat olgandi. Energetika vazirligi ularning oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilganini ma’lum qilgandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!