qarashlar
Yevropa diplomatiyasi rahbari Josep Borrel bolalarni poliomielitga qarshi emlash uchun G‘azo sektorida uch kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, sektorda 640 ming nafardan ortiq bola emlanishi kerak.
G‘azoda poliomielit bilan birinchi kasallanish holati o‘n oylik chaqaloqda kuzatilgan. BMT anklavdagi 1,255 million kishiga poliomielitga qarshi vaksina yetkazib bergan. 27-avgust kuni tashkilot Isroilning Dayr al-Balah shahrining bir qancha hududlarini evakuatsiya qilish haqidagi buyrug‘i tufayli keyingi gumanitar tadbirlarni to‘xtatganini ma’lum qilgan.
Iyul oyi oxirida Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi G‘azoda poliomielit epidemiyasi tarqalgani haqida e’lon qilgan. Vazirlik mahalliy aholining sharoiti, jumladan, ichimlik suvining yetishmasligi infeksiyaning tarqalishiga ta’sir ko‘rsatgani sababli hodisada Isroilni ayblagan.
Comments
0 comment