menu
Surxondaryoda erkak uch farzandining onasini o‘ldirib, jarlikka ko‘mib yuborgani aytilmoqda 
Keltirilishicha, ayblanuvchining akasi viloyat hokimining o‘rinbosari lavozimida ishlaydi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida erkak o‘z xotinini o‘ldirib, jarlikka ko‘mib yubordi. Bu haqda “Ezgulik” jamiyati faoli Abdurahmon Tashanov o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Aytilishicha,  Surxondaryo viloyati Bandixon tumani “Obikor” mahallasida yashovchi fuqaro Sh.R. 34 yashar qizi 2024-yilning 6-fevral kuni to‘satdan yo‘qolib qolganini, shu yilning 1-mart kuni uning jasadi Boysun tumani “Dashttig‘oz” mahallasi yaqinidagi jarlikdan topilganini yozgan. Otaning ta’kidlashicha, qizi chuqurlikka ko‘milgan va ustidan 2 kamaz tuproq tortilgan.

Qotillikni hozircha marhumaning eri A.Q. bo‘yniga olgan va Surxondaryo viloyati IIBda odam o‘ldirishda ayblanmoqda. Ayblanuvchining akasi — Amirov Alisher Xurramovich, Surxondaryo viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlaydi.

Erkak qizining qaynotasi (hokim o‘rinbosarining otasi) u bilan qasdlashgani, bir necha marta unga o‘ldirish bilan tahdid qilgani, qizining o‘limi butun boshli oila tomonidan uyushtirilganini iddao qilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!