qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 23:29 / 16.01.2025 405 2 daqiqa o‘qiladi Qozog‘istonda 10 yildan beri davlatlararo qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindiO‘tgan yillar davomida u Qozog‘istonda oila qurgan, biroq hech qayerda rasmiy ishlamagan. Hozirda uni ekstraditsiya qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Foto: Kazinform
Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyati politsiya departamenti Stepnogorsk shahrida O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati IIB tomonidan davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
«Tezkor xodimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaxs 2014 yildan beri Qozog‘iston hududida yashirinib kelgan, shu bilan birga, hech qayerda rasman ishlamagan», — deyiladi idora xabarida.
Ushbu shaxs Stepnogorskda oila qurgan va o‘tgan yillar davomida turli ishlar bilan shug‘ullanib kelgan. Hozircha politsiya zarur barcha tergov tadbirlarini o‘tkazmoqda, qo‘lga olingan fuqaro vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.
«Ushbu shaxsni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda, chunki u qo‘shni mamlakat fuqarosi hisoblanadi», — deya qo‘shimcha qiladi idora.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil dekabrda Rossiya Qozog‘istonda 7 million dollarlik firibgarlik ishida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qilgandi. Gumonlanuvchi 2005-2007 yillarda Olmaota qurilish kompaniyasida buxgalter bo‘lib ishlagan va hujjatlar bilan qayd etilmagan qalbaki kvitansiyalarni yozgan. Sherigi qo‘lga olinganidan keyin u mamlakatdan qochib ketgan.
18:38 / 15.01.2025
17:21 / 15.01.2025
21:39 / 14.01.2025
17:34 / 13.01.2025
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment