qarashlar
Qatar mezbonlik qiladigan U23 Osiyo kubogi 15-aprel sanasidan boshlanadi.
Musobaqada ishtirok etuvchi Temur Kapadze boshqaruvidagi U23 O‘zbekiston terma jamoasi 2-aprel kuni yig‘inga kirishadi.
Parij Olimpiadasi yo‘lida kurashga kiradigan Kapadze terma jamoa yig‘iniga “Nasaf”dan 4 va “Paxtakor”dan 5 nafar futbolchini jalb qildi. Ularning barchasi o‘z jamoasining asosiy futbolchilari hisoblanadi. Shuningdek, “Olimpik” terma jamoa asosini tashkil qiladi.
PFL olimpiya termasi bilan 2024-yilgi taqvim masalasida o‘tgan mavsumning oktyabr oyida fikr almashgan bo‘lib, unda Superliga 5-turidagi ayrim bellashuvlar sanasi o‘zgarishi ko‘zda tutilganini ma’lum qildi. Tashkilotning qo‘shimcha qilishicha, olimpiyachilar Qatarga yo‘l oladigan davrda esa O‘zbekiston kubogining guruh bosqichi o‘yinlari o‘tkaziladi. Mazkur musobaqada “Olimpik” Toshkentda qolgan futbolchilar bilan ishtirok etishi masalasida kelishilgan.
Superliganing 5-turida “Nasaf” “Navbahor” klubi bilan o‘z maydonida, “Paxtakor” esa “Neftchi” bilan safar o‘yinida ishtirok etishi kerak edi. PFL qoldirilgan bellashuvlar qachon bo‘lib o‘tishi masalasiga hozircha oydinlik kiritmagan.
Comments
0 comment