qarashlar
Multfilm yaratish mashaqqatli, shu bilan birga qiziqarli jarayondir. Birinchi o‘ylangan syujet yoki qahramonlarga film tugashiga yaqin o‘zgartirish kiritilgan holatlar ko‘p bo‘lgan.
Shrek dastlab butunlay boshqacha tasavvur qilingan
1996-yilda “Shrek” multfilmi ustida ish boshlanadi. To‘liq metrajli filmni ishlab chiqish uchun to‘rt yarim yil ketadi. Bu vaqt ichida nafaqat syujet, balki personajlar ham o‘zgaradi. Masalan, original loyihada bosh qahramon qizil rangli, tishsiz va olov purkaydigan maxluq bo‘lishi kerak edi. Bundan tashqari, qahramon botqoqda emas, chiqindixonada yashashi lozim edi.
Shahzodaning haqiqiy tarixi
“Sohibjamol va maxluq” ertagining original versiyasida kelishgan shahzoda zolim sehrgar ayolga mehr qo‘ymagani sababli maxluqqa aylantirilgan. Sehrgar uni jazolay turib, la’natlaydi va bosh qahramon maxluqqa aylanadi. Agar animatsion filmida Bel va shahzoda bosh qahramonning murakkab xarakteri sababli tez-tez urishsa, kitobda ularning muloqoti qiyin kechadi, chunki maxluq o‘zining hayvoniy tabiati tufayli nutqini to‘g‘ri ifoda eta olmasdi.
Skar aslida maymun bo‘lishi kerak edi
Dastlab “Qirol sher” multfilmining syujeti sherlar va maymunlar o‘rtasidagi konfliktga asoslangan bo‘lib, uning yetakchisi Skar edi. Biroq keyin antagonist sher bo‘lishi kerak degan qarorga kelinadi. Dastlab yovuz qahramon va bosh personaj qarindosh bo‘lmagan. Shu sababli ular nafaqat tashqi ko‘rinishi bilan, balki xarakterlariga ko‘ra ham bir-biridan farqlangan.
“Uyqudagi malika” ertagidagi parilarning haqiqiy prototipi bo‘lgan
Har qanday film yoki multfilm yaratilish jarayonida, ayniqsa detallarga alohida e’tibor qaratiladi. Ushbu animatsion filmning rassomlari ko‘p vaqtini keksa ayollarni kuzatish bilan o‘tkazgan. Ular jamoat joylariga borib, ularning harakatlarini kuzatgan. Qariyalarning hammasida bir nechta umumiy xususiyatlar bo‘lgan: bosh kiyimlarni kiyishdan tortib shoshilib harakatlanishgacha.
Diego muzlik davrining davomida qatnashmasligi kerak edi
Mashhur trio – Menni, Sid va Diegolarni alohida tasavvur qilish qiyin. Axir ular birinchi qismdan boshlab birga. Biroq syujetga ko‘ra, qilich tishli yo‘lbars o‘ziga o‘xshashlar bilan to‘qnashgandan keyin tirik qolmagan va mardlarcha halok bo‘lgan. Ammo “Muzlik davrida”gi shu sahnani tomosha qilgan bolalarning hammasi birdaniga yig‘lab yuborgan, shundan so‘ng rassomlar Diegoni tirik qoldirishga qaror qilgan.
Rassomlar Rapunzelning sochlarini yaratishda suratdan ilhomlangan
Asosiy qahramonning sochlarini yaratish uchun rassomlar moybo‘yoqda chizilgan suratlardan ilhomlangan bo‘lsa, Flinn Rayderni yaratish uchun ularga ko‘proq vaqt kerak bo‘lgan. Jamoa studiya xodimlaridan yordam so‘rab, har biridan go‘zallik ular uchun nima ma’noni anglatishini so‘rashgan. Esda qoladigan eng jozibali personajlardan biri shunday umumiy sa’y-harakatlar bilan yaratilgan.
“Sohibjamol va maxluq” filmining bosh qahramoniga Jeki Chan ovoz bergan
Multfilmning xitoycha versiyasida maxluqqa mashhur aktyor Jeki Chan ovoz bergan. U nafaqat personajni ovozlashtirgan, balki multfilm uchun ayrim kompozitsiyalarni ham ijro etgan. Diqqatga sazovor jihati shundaki, Jeki Channing musiqiy ta’limi bor. U bu ta’limni opera maktabida o‘qiganida olgan.
Elzaning haqiqiy prototipi bor
Emi Uaynhaus — butun dunyoga mashhur britaniyalik xonanda bo‘lgan. Rassomlar uning ko‘rinishidan ilhomlangan, shuning uchun dastlab Elza qora sochli bo‘lishi kerak edi. Bundan tashqari, ular asosiy qahramonning ovozi va xarakterining o‘zgaruvchanligiga e’tibor qaratishni istagan. Shuningdek, syujet bo‘yicha Elza yovuz ruh bo‘lishi kerak edi. Ammo “Let It Go” qo‘shig‘ini tinglagandan keyin, prodyuserlar malikaning hikoyasini o‘zgartirishga qaror qilgan.
Comments
0 comment