qarashlar
Rossiyalik jurnalist Margarita Simonyan agar Rossiya Qozog‘istonga “qandaydir barmaleylar” bilan kurashish uchun qo‘shin yuborsa, xursand bo‘lishini aytdi. Bu haqda u “Exo Moskvi” efirida ma’lum qildi.
Ehtimol, jurnalist 2022-yil yanvar voqealari paytida Rossiya harbiylarining Qozog‘istonga kiritilganiga ishora qilgan.
Simonyan barmaley (jinoyatchi, bosqinchi, jangarilar, fitnachi yoki g‘alamis) deganida aynan kimni nazarda tutgani noma’lum. U Rossiyada “huquqshunoslar ham, iqtisodchilar ham” armiyaga borishini orzu qilishi, shunda hech kim mamlakatga tahdid solmasligini ta’kidladi.
Yevropa ittifoqi avvalroq Simonyanni Rossiya targ‘ibotining “markaziy figurasi” deb atab, unga qarshi sanksiyalar kiritgandi. Qozog‘istonda harbiy parad bekor qilinganidan norozi bo‘lgan Simonyanning turmush o‘rtog‘i — teleboshlovchi Tigran Keosayan qozog‘istonliklarga “Ukrainaga nazar tashlash” va “jiddiy o‘ylash”ni maslahat bergandi.
Comments
0 comment