menu
Sho‘rchi tumanida elektr toki uzilishi sabab FHDY bo‘limi uch kundan beri aholiga xizmat ko‘rsatmayapti. Muammo yana bir hafta davom etishi aytilgan
Vaziyatni izohlagan viloyat Adliya boshqarmasining OAV bo‘yicha mas’uli Bunyod Avazov bino elektr toki ta’minotidan uzilganini tasdiqladi

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanidagi FHDY bo‘limi binosida elektr toki o‘chgani bois, bo‘limga murojaat bilan keluvchilar so‘rovi rad etilmoqda. Sarson bo‘layotgan aholi bundan norozi. Murojaatchilarga uzilishlar yana bir hafta davom etishi ma’lum qilingan.

Bu haqda “Daryo”ga shikoyat qilgan fuqaroning bildirishicha, u birgina ma’lumotnoma olish uchun uch kundan beri ovora bo‘lmoqda. 

Murojaatchiga ko‘ra, muammo bo‘lim binosi yaqinidagi transformatorning nosoz holatga kelishi bilan bog‘liq. 

Shikoyatchi bino ichi va tashqarisini tasvirga olar ekan, FHDY bo‘limida hech kim yo‘qligini ko‘rsatadi.

Vaziyatni izohlagan viloyat Adliya boshqarmasining OAV bo‘yicha mas’uli Bunyod Avazov bino elektr toki ta’minotidan uzilganini tasdiqladi. 

Mas’ul, jurnalist bilan 1-aprel kuni kechki payt telefon orqali suhbatlashganda elektr tokidagi uzilish va transformatordagi nosozlik tizimga ta’sir qilganini, sistema kuyishi ro‘y berganini bildirgandi. 2-aprel kuni bu masalaga qaytgan Bunyod Avazov muammo shunchaki transformatorda ekanini, tez orada masala hal etilishini aytdi. 

“Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!