menu
Shavkat Mirziyoyev hudud rahbarlari muhtoj oilalar bilan manzilli ishlamayotganini tanqid qildi
Davlat rahbariga ko‘ra, ular pul va oziq-ovqat berish, maishiy texnika sovg‘a qilish bilan cheklanib kelmoqda

Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi muhim vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Davlat rahbari sohadagi baʼzi kamchiliklarni sanar ekan, 20 dan ziyod idoraning ijtimoiy himoya borasidagi faoliyati hujjatlarda puxta o‘ylanmasdan, betartib belgilanganini ko‘rsatib o‘tdi.

Hudud rahbarlari ham muhtoj oilalar bilan manzilli ishlamay, pul va oziq-ovqat berish, maishiy texnika sovg‘a qilish bilan cheklanib kelgani qayd etildi.

Eski ijtimoiy himoya tizimida odamlarga umid berish, hayotini yaxshilashi, band bo‘lishiga ko‘maklashish eng oxirgi o‘ringa tushib qolgan.

Prezident bu sohada umumiy yondashuv o‘zini oqlamagani, har bir oila va inson taqdiriga alohida professional yondashish lozimligini qayd etib, asosiy yo‘nalishlarni belgilab berdi. Ijtimoiy xizmat va yordamni mahalla darajasida manzilli, shaffof va adolatli tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.

Kam taʼminlangan oilalarni aniqlash mezonlarini ishlab chiqish, tizimni shaffof qilish hisobiga doimiy daromadga ega oilalar ehtiyojmand toifasidan chiqarildi.

2023-yil iyun oyida “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezidenti qarori bilan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etilishi belgilangan edi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!