menu
Shahrisabzda otib ketilgan fuqaro sambo bo‘yicha jahon chempioni ekani ma’lum bo‘ldi 
Marhum To‘ra Avloqulov 2023-yili Ostona shahrida o‘tkazilgan faxriylar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan

“Daryo”da Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi kafeda o‘zaro kelishmovchilik sabab fuqaro o‘qotar quroldan otilgani, voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi. “Olamsport.com” ma’lumotiga ko‘ra, marhum To‘ra Avloqulov faxriylar o‘rtasidagi jahon chempionatining oltin medali sovrindori bo‘lgan. 

Qotillik voqeasi 2024-yilning 29-mart kuni taxminan 19:30 da sodir bo‘lgan.  

Bildirilishicha, ulfatlar kafeda spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holda bazm pulini to‘lash ustida tortishib qolgan.

Sportchi ko‘p o‘tmay, shifoxonada vafot etgan.

“Olamsport.com”ning yozishicha, marhum To‘ra Avloqulov 2023-yili Ostona shahrida o‘tkazilgan faxriylar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, 55-59 yoshli sport ustalari o‘rtasidagi bahslarda oltin medalni qo‘lga kiritgan. 

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tuman prokuraturasi tomonidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi “d” va “l” bandlari (bezorilik oqibatida, boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan usulda qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!