menu
Samarqand viloyatida o‘zgargan hokim, Buxoroda gaz portlashi oqibatida vafot etgan ota-ona, “Sputnik”dagi yog‘och uylar taqdiri: 28-noyabrning eng muhim xabarlari
“Daryo” nashri O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi

Yangiyo‘lda bir oilaning 5 nafar aʼzosini o‘ldirgan shaxsga jazo tayinlanishi, Buxoroda gaz portlashi oqibatida ikki kishi vafot etishi, Yangihayot hokimi “Sputnik”dagi yog‘och uylar qachon buzilishi va aholi qayerga ko‘chirilishiga aniqlik kiritishi — “Daryo” nashri bugun, 28-noyabrda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.

O‘zbekistonda yil boshidan buyon gaz bilan bog‘liq holatlar sabab vafot etganlar soni ma’lum qilindi 

Gaz bilan bog‘liq jami 74 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi.

O‘zbekistonda tibbiyot sohasini transformatsiya qilishga turkiyalik mutaxassislar jalb etildi

SSVga tibbiy xizmatlar sifatini jahon standartlari darajasiga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan.

Sud avvalida sudlov hay’ati va prokuror pichirlashdi: Oliy sudda antiqa holat kuzatildi 

Taxminan 15 daqiqa davom etgan suhbat taraflarni tashqarida qoldirgan holda bo‘lgach, javobgar va uning advokati bunga e’tiroz bildirdi.

O‘zbekistonda korrupsiyadan xoli hududlar yaratiladi

“Shaffof shaharlar” va “Halol tumanlar” loyihalari ishga tushiriladi.

Yangiyo‘lda bir oilaning 5 nafar a’zosini o‘ldirgan shaxsga jazo tayinlandi

Qurbonlarning uch nafari yosh bolalar edi.

Erkinjon Turdimov Prezident administratsiyasida faoliyatini davom ettiradi

Hisob palatasi raisi Adiz Boboyev Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Yangihayot hokimi “Sputnik”dagi yog‘och uylar qachon buzilishi va aholi qayerga ko‘chirilishiga aniqlik kiritdi 

Avvalroq Yangihayotdagi 409 ta yog‘och uy buzilishi, eski uylar o‘rnida 72 gektar maydonda bog‘ yaratilishi aytilayotgani, hudud aholisining bundan xabari yo‘qligi ma’lum qilingandi.

Prezident masʼullarga ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning bandligini taʼminlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyevga ijtimoiy muhitni mustahkamlash hamda diniy maʼrifatni rivojlantirish borasidagi ishlar haqida axborot berildi.

Buxoroda gaz portlashi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Oilaviy tadbirkorlik” dasturidagi 100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi

Yil yakunigacha dala chetlaridagi 650 ming, aholiga berilgan 364 ming gektarni eksportchi-tadbirkorlarga biriktirish topshirildi.

Banklar balansidagi issiqxona va muzlatkichli omborlar tadbirkorlarga uch yilga berilishi mumkin

Mutasaddilarga organik maydonlarni 2025-yilda 10 ming gektarga, kelgusi uch yilda 100 ming gektarga yetkazish topshirildi.

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

“Kimdir shu yerda qolaman desa, buzilishga tushmagan 9 qavatli uylardan taklif qilinishi mumkin” — Toshkent Invest mas’uli “Sputnik”dagi yog‘och uylar haqida

O‘sha yerda yashab o‘rgangan bo‘lsa, ularga buzilishga tushmagan 9 qavatli “dom”lar bor. O‘sha joylardan ham imkoniyati bo‘lsa, taklif qilinishi belgilangan, deydi Toshkent Invest kompaniyasi direktori Bahrom Zokirov.

Toshkent viloyatida o‘qituvchi 9-sinf o‘quvchisini haqorat qilib, do‘pposladi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!