menu
Merkel Trampning prezident sifatidagi asosiy kamchiligini aytdi
Germaniya sobiq kansleri bu boshqa davlat rahbarlari bilan hamkorlikni murakkablashtirishini bildirdi

Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning davlat rahbari sifatidagi asosiy kamchiligini aytdi. Bu haqda u NPR’ga bergan inetvyusida ma’lum qildi.

Merkelga ko‘ra, Tramp mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘lishiga ishonmaydi, u har qanday vaziyatda, albatta, bir tomon yutqazadi deb biladi.

U NATOning ahamiyatni Trump baribir anglab yetishiga umid bildirdi va AQSHning alyansni kuchli saqlab qolishi uchun “asosli sabablari” borligini ta’kidladi.

U Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyining jasoratiga qoyil qolishini, lekin uning Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini kechiktirish urushning boshlanishiga olib kelgani haqidagi fikriga qo‘shilmadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!