qarashlar
O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Abdusalom Azizov bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston prezidentining tegishli farmonlari bilan:
Bundan ko‘rinadi-ki, Abdusalom Azizovning Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati ixtiyoriga o‘tkazilgani uning biror lavozimga tayinlangani yoki doimiy ishga rasmiylashtirilganini anglatmaydi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlangan Bahodir Qurbonovga navbatdagi maxsus general-polkovnik harbiy unvoni berildi. U 2019-yil fevralidan shu kunga qadar O‘zbekiston mudofaa vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Abdusalom Azizov haqida
Abdusalom Azizov (1960-yilda tug‘ilgan) 2019-yil fevralidan buyon Davlat xavfsizlik xizmati rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi. Bungacha u 2017-yilning sentyabridan Mudofaa vazirligini boshqarib kelgan.
2002—2006-yillarda “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi bo‘lgan.
2006-yil sentyabridan 2008-yil noyabrigacha “O‘zneftmahsulot” korxonasini (“O‘zbekneftgaz” sho‘ba korxonasi) boshqargan.
2008-yilning noyabr oyida u Ichki ishlar vazirligiga qaytib, o‘sha yilning noyabr-dekabr oylarida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, 2008-yilning dekabridan 2009-yilning dekabriga qadar — Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2009—2017-yillarda Jizzax viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Comments
0 comment