menu
RPLda to‘p suruvchi 21 yoshdan katta bo‘lmagan, eng qimmat futbolchi ramziy terma jamoasi e’lon qilindi 
Tarkibdan o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev ham joy oldi

Transfermarkt portali Rossiya Premyer Ligasida to‘p suruvchi 21 yoshdan katta bo‘lmagan eng qimmat futbolchilar ramziy terma jamoasini e’lon qildi.

Ramziy terma jamoaga quyidagi futbolchilar kiritildi. Qayd etib o‘tish joiz, tarkibdan o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev ham joy olgan:

1. Darvozabon Daniil Xudyakov (“Lokomotiv”, Rossiya) — 1,5 million yevro.

2. Himoyachi Sergey Volkov (“Krasnodar”, Rossiya) — 5 million.

3. Himoyachi Viktor Melyohin (“Rostov”, Rossiya) — 3,5 million.

4. Himoyachi Andrey Langovich (“Rostov”, Rossiya) — 1,5 million.

5. Himoyachi Daniil Denisov (“Spartak”, Rossiya) — 4 million.

6. Yarim himoyachi Sergey Pinyayev (“Lokomotiv”, Rossiya) — 8 million.

7. Yarim himoyachi Artyom Karpukas (“Lokomotiv”, Rossiya) — 6 million.

8. Yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayev (“SSKA”, O‘zbekiston) — 5 million.

9. Hujumchi Pedro Enrike Silva dos Santos (“Zenit”, Braziliya) — 7 million.

10. Hujumchi Konstantin Tyukavin (“Dinamo”, Rossiya) — 12 million.

11. Hujumchi Manfred Ugalde (“Spartak”, Kosta-Rika) — 8 million.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya chempionatining ortda qolgan 21 turidan so‘ng “Zenit” yetakchilik qilmoqda. Abbosbek to‘p surayotgan “SSKA” esa 33 ochko bilan 4-pog‘onadan joy olgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!