menu
Rossiyaning to‘rt hududidagi o‘zbeklarga moddiy yordam ko‘rsatildi 
Ularning yashash va ish sharoitlari o‘rganildi

Rossiyaning to‘rt hududidagi o‘zbeklarga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati. 

Moskvadagi “GES Konstrakshn”, Krasnodardagi “Spes Stroy Kuban” korxonalarida ishlayotgan o‘zbekistonliklar hamda ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar tashkil etilgani maʼlum qilindi. Uchrashuvda xorijiy ishchi kuchiga ehtiyoji mavjud korxonalarga tashkiliy tarzda O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashildi. 

Fuqarolar bilan uchrashuvda O‘zbekistonda migratsiya sohasida qabul qilinayotgan yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. Ularning yashash va ish sharoitlari o‘rganildi.

Sankt-Peterburg, Nijnevartovsk, Volgograd va Yekaterinburgda murakkab vaziyatda qolgan yurtdoshlarga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatildi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!