9
qarashlar
qarashlar
Isroil dunyo bo‘ylab Medjoul qirollik navi xurmosining eng yirik eksportchisi hisoblanadi. Isroillik ishlab chiqaruvchilar boykotga qarshi turish uchun mahsulotlaridagi yorliqlarni o‘zgartirmoqchi
Rossiya va Yevropadagi musulmonlar Isroil xurmolarga boykot eʼlon qildi. Bu haqda “Pravda.ru” xabar berdi.
Mazkur xurmoga talab ramazon oyida keskin ortadi. Isroil butun dunyo bo‘ylab savdo rastalarida mavjud bo‘lgan Medjoul qirollik navi xurmosining eng yirik yetkazib beruvchisidir. Boykot Malayziya musulmon iste’molchilari uyushmasi tashabbusi bilan boshlangan.
Boykot natijasida Isroil xurmosiga talab haqiqatda pasaygan. Haaretz xabariga ko‘ra, boykot qo‘rquvi sababli Isroil xurmolarni targ‘ib qilish uchun jami 550 ming dollarlik reklama kampaniyasini qoldirgan.
Isroil Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ko‘ra, mamlakatdan xurmo eksporti qiymati 2022-yilda 338 million dollarni tashkil etgan, boshqa barcha mevalar uchun esa 432 million dollar.
Comments
0 comment