menu
Rossiya TIV hech qanday dalillarsiz Crocus’dagi teraktda Ukrainani aybladi. Kiyev bunga javob qaytardi
ISHIDning “Viloyati Xuroson” bo‘limi terakt ular tomonidan amalga oshirilganini bir necha bor ta’kidlagandi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukraina hukumatini rasman Crocus City Hall’dagi teraktda aybladi. Ukraina razvedkasi mazkur ayblovlarga javob qaytardi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Rossiya ayblov yuzasidan Ukrainani teraktda ishtirok etgan shaxslarni zudlik bilan ekstraditsiya qilish, jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplashga chaqirdi.

Bunday teraktlar qatorida vazirlik Darya Dugina va Vladlen Tatarskiyning o‘ldirilishi, Zaxar Prilepinga suiqasd uyushtirilgani, Qrim ko‘prigining portlatilishi, shuningdek, Rossiya ko‘ngillilar korpusining (Rossiya terrorchi tashkilot sifatida tan olingan) xatti-harakatlarini sanab o‘tdi.

Tashqi ishlar vazirligi bayonotida, bu voqealarning barchasi Crocus City Hall’ga qilingan hujum bilan bog‘langan.

Vazirlik hech qanday tafsilot va dalil keltirmagan, biroq Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyukni hibsga olishni talab qilgan.

Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonoti Buchada sodir etilgan vahshiyliklar fonida bema’ni ko‘rinishini aytdi.

Ukraina teraktga aloqadorligini rasman rad etadi. O‘z navbatida, ISHIDning Afg‘onistondagi bo‘limi “Viloyati Xuroson” ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini bir necha bor ta’kidlagan.

G‘arb davlatlari, jumladan AQSH, Buyuk Britaniya va Germaniya boshidanoq Ukrainaning Crocus’dagi teraktga hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidlagandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!