menu
Rossiya fuqaroligini olgan haydovchilar uchun 1-apreldan yangi qonun ishga tushdi  
Bu haqda Rossiya normativ-huquqiy hujjatlari saytida e’lon qilindi

Rossiya fuqaroligini yoki yashash uchun ruxsatnoma olgan barcha haydovchilar, agar Rossiyada yashayotganiga bir yildan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa, chet el guvohnomasi bilan avtomobilni boshqara olmaydi. Bu haqda Rossiya normativ-huquqiy hujjatlarining rasmiy saytida xabar berildi.

Qonunga ko‘ra, Rossiya haydovchilik guvohnomasini olish uchun ular imtihonni qayta topshirishlari kerak.

Xorij va xalqaro haydovchilik guvohnomalari chet elliklar Rossiyada yashash uchun ruxsatnoma yoki Rossiya fuqaroligini olgan kundan boshlab bir yildan so‘ng bekor qilinadi. 

Rossiyaliklarning Belarusda berilgan haydovchilik guvohnomalari hamda Rossiya hududida yashash uchun ruxsatnoma olgan Belarus fuqarolari uchun mazkur qonun amal qilmaydi. Shuningdek, diplomatik vakolatxonalar xodimlari va ularning oila a’zolari xorij haydovchilik guvohnomasi asosida avtomaktabda o‘qimasdan, imtihon topshirmasdan yoki transport vositasini boshqarishga qarshi ko‘rsatmalar yo‘qligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosani taqdim etmasdan olishlari mumkin bo‘ladi. Agar haydovchi Rossiyada yaroqsiz guvohnoma bilan mashina haydasa, u (15 ming rublgacha) jarimaga tortiladi va litsenziyasi tiklanmaguncha haydovchilikdan chetlatiladi.

Eng mashhur toifadagi xorijiy guvohnomalar asosidagi rus haydovchilik guvohnomalari nazariy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgandan so‘ng beriladi. Bunday haydovchilar haydovchilik imtihonlarini topshirishlari shart emas. Avtomobilni boshqarishga cheklovlar yo‘qligini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomani taqdim etish litsenziya olishning zaruriy sharti hisoblanadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!