menu
Qozog‘iston sobiq bosh vaziri yangi lavozimga tayinlandi
Qozog‘iston prezidenti fevral oyida Alixan Smoilovni bosh vazirlikdan iste’foga chiqargandi

Qozog‘istonning sobiq bosh vaziri Alixan Smoilov Oliy auditorlar palatasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Ungacha mazkur lavozimni Natalya Godunova egallagandi. U 1-aprel kuni o‘z lavozimidan ozod etilgan. Alixon Smoilov 1972-yil Olmaota shahrida tug‘ilgan. 1994-yilda Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston davlat Milliy universitetini amaliy matematika, 1996-yil prezident huzuridagi Qozog‘iston menejment, iqtisodiyot va prognozlash institutini tamomlagan, davlat boshqaruvi magistri ilmiy darajasiga ega.

Alixon Smoilov 2022-yil 11-yanvardan Vazirlar Mahkamasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi. Uning yangi lavozimidagi ilk harakatlaridan biri 180 kun davom etgan yonilg‘i narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bo‘ldi. 2024-yil fevralda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev hukumatni tarqatib yubordi. O‘shanda Smoilov o‘rniga prezident administratsiyasi rahbari Oljas Bektenov bosh vazir etib tayinlangandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!