qarashlar
Qozog‘iston harbiylari Isroil va Suriyaning bahsli hududi hisoblangan Golan tepaliklariga boradi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.
Qozog‘iston Mudofaa vazirligi tinchlikparvar kuchlar Golan tepaliklariga jo‘nab ketishga hozirlik ko‘rayotganini ma’lum qildi. BMT Qozog‘istonga ilk bor tinchlikparvar missiyasini mustaqil joylashtirish va amalga oshirish uchun mandat bergan.
Qozog‘iston kontingenti 139 nafar harbiy xizmatchidan iborat bo‘lib, ular BMT missiyasi mandatiga muvofiq urushayotgan tomonlar o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini saqlash bo‘yicha vazifalarni bajaradi.
Tinchlikparvar missiyasini bajarayotganlar oylikning uch baravari miqdorida maosh oladi. Bundan tashqari, ularga BMT byudjetidan har oy 1448 dollardan ko‘proq mablag‘ (bu 650 ming tengedan bir oz ko‘proq) beriladi.
Comments
0 comment